09:11 / 07.12.2016
6720

WP Pentagon 125 mlrd dollarlik xarajatlarni yashirganini ma'lum qildi

Pentagon 125 mlrd dollarlik asossiz xarajatlarni aniqlagan autidorlik tekshiruvining natijalari haqidagi hisobotni yo‘q qilishga qaror qildi. Bu haqda 6 dekabrda intervyu va tahririyatga kelgan maxfiy hujjatlarga asoslanib The Washington Post nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil yanvarda Pentagonga 5 yil ichida 125 mlrd dollarni "oson tejab qolish" yo‘li taklif qilingan hisobot tayyorlangan. Hisobotda harbiylarni iste'foga ketkazish va zaxiraga jo‘natishni ko‘zda tutilmagan va boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish taklif qilingan: misol uchun, harbiylarni pensiyaga barvaqt jo‘natish, tashqi pudratchilar bilan serxarajat loyihalardan voz kechish va axborot texnologiyalaridan faolroq foydalanish.

Auditorlik tekshiruvi qo‘shinlarga deyarli foyda keltirmayotgan qo‘shimcha lavozimlarda millionlab harbiy xodimlar ishlaganini aniqlagan.

Pentagon rahbariyati hisobot iqtibos keltirayotgan manbalarni maxfiylashtirishga qaror qilgan, ekspert xulosasi esa Pentagon saytidan o‘chirib tashlangan. Nashrning aytishicha, yuqori lavozimdagi harbiy amaldorlar moliyalashtirish keskin qisqarib ketishidan cho‘chib ketishgan.

 

Mavzuga oid
Top