09:26 / 08.12.2016
15989

8 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto:kun.uz

7 dekabr tuni va 8 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to‘xtalib o‘tgan. >>> Batafsil 

Ichki ishlar vazirligi tizimini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. >>> Batafsil 

Shavkat Mirziyoyev hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanishi taklifini berdi. >>> Batafsil 

Mudofaa qobiliyatini oshirishda katta hissa qo‘shgan Vatan himoyachilari taqdirlandi. >>> Batafsil 

Konstitutsiya kuni arafasida O‘zbekiston fidoyilariga davlat mukofotlari topshirildi. >>> Batafsil 


Pokistonda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida 7 dekabrda qulagan yo‘lovchi samolyoti "qora qutisi" topildi. >>> Batafsil 

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotdan olgan taassurotlari haqida gapira turib, Trampning ovozi va talaffuzi o‘xshatib, unga taqlid qildi. >>> Batafsil 

Braziliyaning Amazonas shtatida 7 dekabrda yuz bergan aviahalokat oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. >>> Batafsil 

Italiya prezidenti Serjo Mattarella mamlakat bosh vaziri Matteo Rentsi iste'fosini qabul qildi. >>> Batafsil 

AQSh Oliy sudi patent mojarosi bo‘yicha da'voni Samsung foydasiga hal qildi. >>> Batafsil 

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlari yakunlanib fevral oyida boshlanadigan pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha 16 jamoa nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi. >>> Batafsil

Top