12:59 / 08.12.2016
4402

Braziliyaning sobiq prezidenti siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida

Foto: RIA "Novosti"

Braziliyaning lavozimidan chetlatilgan sobiq prezidenti Dilma Russeff mamlakatdagi hech bir yuqori lavozimga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi emas, biroq siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida. Bu haqda u Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Nashr Russeffni “Yil ayoli” deb tanishtirdi.

"Hech qanday yuqori lavozimlarga nomzodimni qo‘ymayman, biroq siyosiy faoliyatni davom ettiraman", - dedi Russeff.

Uning ta'kidlashicha, boshqa mamlakatga ham tashrif buyurish niyatida.

"Nima bo‘lgan taqdirda ham ayollarda meros qoldiraman", - deya qo‘shimcha qilgan sobiq prezident.

Eslatib o‘tamiz, Russeff impichment oqibatida hukumat tepasidan ketgandi: may oyida uni vaqtinchalik chetlatishgan bo‘lsa, avgustda – butunlay hukumatdan ketishiga erishilgan. Impichmentga uning ikkinchi prezidentlik muddati avvalida yo‘l qo‘yilgan moliyaviy qonun buzilishlari sabab bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top