03:25 / 08.12.2016
6894

YeChL. Ye guruhi. So‘nggi masalaga «Tottenhem» oydinlik kiritdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlariga yakun yasaldi.

Ye guruhida «Tottenhem» chempionlar ligasi bahorgi mavsumiga yo‘llanmani qo‘ldan chiqargach, faqatgina Yevropa ligasi uchun umid saqlab qolgandi. «Uembli»da kechgan uchrashuvda Pochettino shogirdlari TsSKAni mag‘lubiyatga uchratib bu masalani hal qilishdi.

Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib olgan «Monako» va «Bayyer» o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuviga teng o‘yin o‘tkazishdi. Asosan yirik hisobdagi g‘alabalari bilan bu mavsumda yodda qolayotgan «Monako» o‘zi ham shunday mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligini ko‘rsatdi. – 0:3.

Guruhda «Monako» birinchi, «Bayyer» ikkinchi o‘rin bilan YeChL pley-offi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. TsSKA uchun yevromavsum shu yerda tugadi.

Chempionlar ligasi. 6-tur

Ye  guruhi

Tottenxem (Angliya) – TsSKA (Rossiya) 3:1 (2:1)
Gollar:
0:1 – 33 Dzagoyev, 1:1 – 38 Alli, 2:1 – 45 Keyn, 3:1 – 77, avtogol Akinfeyev.
Tottenxem: Loris, Vertongen, Rouz, Uoker, Eriksen, Vanyama (Alderveyreld, 68), Uinks, Dayyer, Alli, Son Xyong Min (Nkudu, 62), Keyn (Onoma, 83).
TsSKA: Akinfeyev, Berezutskiy, SHCHennikov, Nababkin, Berezutskiy, Natxo, Dzagoyev, Golovin (Chalov, 46), Toshich (Gordyushenko, 71), Milanov, Traore (Strandberg, 79).
Ogohlantirishlar: SHCHennikov (31), Berezutskiy (63).

Bayyer (Germaniya) – Monako (Monako) 3:0 (1:0)
Gollar:
1:0 – 30 Yurchenko, 2:0 – 48 Brandt, 3:0 – 82, avtogol de Sanktis.
Bayyer: O‘zjan, Yedvay, Vendell, da Koshta, Dragovich, Yurchenko (Xenrixs, 76), Baumgartlinger, Brandt (Kruz, 71), Chalxano‘g‘lu (Arangis, 67), Kissling, Ernandes.
Monako: de Sanktis, Radji, Diallo, Ture, Jyemerson, Moutinyu, Ndoram, Boshilya (Traore, 67), Dirar, Karrilo (Lemar, 79), Jan (Jyermen, 76).
Ogohlantirishlar: Jyemerson (23), Boshilya (41), Jyermen (88), Dragovich (88).

Mavzuga oid
Top