14:48 / 08.12.2016
6914

Xorxe Messi o‘g‘lining yangi shartnomasini muhokama qilish uchun Barselonaga keldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe klub rahbariyati bilan o‘g‘lining yangi shartnomasi borasida muzokara o‘tkazish uchun Kataloniyaga keldi. Bu haqda Onda Cero manbasiga tayangan holda sport.es xabar tarqatdi.

Amaldagi shartnoma muddati 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan. Bu shartnoma hamon uzaytirilmagani bois, yarim yildan buyon Messi jamoani tark etishi haqidagi xabarlar tinmaydi.

Bundan avvalroq tomonlar "el-klasiko"dan keyin yangi yilgacha bo‘lgan muddatda muhokamani tugatishni rejalashtirayotgani aytilgandi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi shartnoma muddati 2021 yilgacha bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top