20:32 / 08.12.2016
5806

Nissan avtomobili Twitter’da eng ommabop bo‘ldi

Foto: Motor.ru

Nissan kompaniyasi noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi ommaboplik reytingida boshchilik qildi. Bu haqda ListenFirst Media kompaniyasi ma'lumotiga asoslanib Automotive News nashri xabar bermoqda.

Ro‘yxatda uning birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilishiga sabab Nissan Skyline GT-R kupesining fotosuratlari bo‘ldi. Bu post besh ming layk yiqqan, Twitter foydalanuvchilarining ikki mingdan ortig‘i uni o‘z sahifalarida bo‘lishishgan.

Ikkinchi o‘rinda Ford kompaniyasi, uchinchi o‘rinda esa Audi o‘zining A5 Sportback xetchbeki bilan qayd etilgan.

 

Mavzuga oid
Top