17:44 / 08.12.2016
8681

Ronaldu xizmatkorlari bilan o‘zi haqidagi ma'lumotlarni sir saqlash bo‘yicha kelishuv tuzgan

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uy xodimlari va xizmatkorlariga o‘ziga xos shart qo‘ygani ma'lum bo‘ldi.

Sapo portali xabar berishicha, Ronaldu o‘ziga xizmat qiluvchi xodimlar bilan «70 yil sir saqlash» to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.

Ma'lum qilinishicha, xodimlar ushbu shartnomaga ko‘ra, futbolchining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning o‘limi yoki eng yaqin qarindoshlarining o‘limidan 70 yil o‘tmaguncha oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. Bu shart buzilgan taqdirda, aybdor 300 ming funt miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top