14:18 / 09.12.2016
10753

Amerikaning «ko‘rinmas» esminetsi o‘z portiga yetib keldi 

Foto: EPA

Amerikaning eng yangi «ko‘rinmas» raketa esminetsi Zumwalt (DDG-1000) 8 dekabr kuni Kaliforniya shtatining San-Diyego portiga yetib keldi. U AQSh sharqiy sohilidan bu yergacha kelish uchun salkam 4 oylik muddatni sarflagan. Kemani tantanali kutib olish marosimida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining suv usti kuchlari qo‘mondoni vitse-admiral Tom Rouden ham qatnashgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Ta'kidlanishicha, esminets San-Diyego portiga qadar qator muammolarga duch kelgan. Ularning eng jiddiysi kemaning Panama kanalidan o‘tayotgan vaqtida ro‘y bergan. 21 noyabrda esminetsning kuch agregati ishdan chiqqan edi. Zumwalt Panamani 30 noyabrda tark eta olgan. «Ko‘rinmas» esminets ta'miriga 9 kun vaqt sarflangan. 

Zumwalt tasnifidagi kemalar Amerikaning eng yirik raketa esminetslari hisoblanadi. Birinchi shunday kema 15 oktabrda jangovar safga qabul qilingan edi. Tantanali marosim AQShning Atlantika sohillaridagi Merilend shtati, Baltimor shahrida bo‘lib o‘tgandi. 

Yangi turdagi kemalarni qurish ishlari 2007 yilda boshlangan edi. Ularni General Dynamics Bath Iron Works kompaniya barpo etmoqda. 

Mavzuga oid
Top