08:48 / 09.12.2016
4717

Bloomberg: McDonald's soliq bazasini Buyuk Britaniyaga ko‘chirmoqchi

Foto: Getty Images

Amerikaning McDonald's korporatsiyasi o‘zining soliq bazasini Buyuk Britaniyaga ko‘chirishni rejalashtirayapti. Kompaniya YeI turli idoralarining hujumlariga qarshi Lyuksemburgni tark etish bilan chora ko‘rmoqchi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Ma'lum bo‘lishicha, McDonald's Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga oid o‘tkazilgan referendum natijasi e'lon qilinganidan so‘ng, ushbu mamlakatda yangi xalqaro xolding tashkil etishni rejalashtirgan. 

Xabar qilinishicha, yangi kompaniya litsenziya to‘lovlarining katta qismi uchun javobgarlikni zimmasiga oladi va McDonald's kompaniyasiningAQShdan tashqaridagi intellektual huquqini himoya qiladi. 

«McDonald's Buyuk Britaniyani, yangi xoldingi joylashadigan hudud sifatida tanladi, chunki, ushbu masala bo‘yicha shug‘ullanadigan xodimlarning aksari Londonda», — deyiladi kompaniya xabarida. 

O‘z navbatida, ekspertlarning aytishicha, McDonald's kompaniyasining o‘z soliq bazasini Buyuk Britaniyaga o‘tkazishni YeIdagi yuqori korporativ soliqlarning yuqoriligi sababli amalga oshirmoqda. Korporatsiya 2009-13 yillarda 1,08 mlrd dollardan ortiq soliq to‘lagan. 

 

Mavzuga oid
Top