14:40 / 09.12.2016
15687

Donald Tramp prezidentlik poygasi uchun qancha sarflagani ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi uchun 66 mln dollar miqdorida o‘zining shaxsiy mablag‘idan sarflagan. Bu ma'lumotlarni Reuters agentligi AQSh Federal saylov komissiyasiga asosan tarqatmoqda

Umuman, Donald Tramp saylovoldi tashviqot ishlariga 322 million dollar mablag‘ sarflagan, uning asosiy raqibi Hillari Klinton esa, undan 1,5 marta ko‘proq pul – 565 mln dollarning bahridan o‘tgan. 

Agentlik xabarida aytilishicha, praymeriz chog‘ida milliarder jamoat fikrini o‘rganish masalalarini keraksiz deb topgan edi. MediaQuant kompaniyasining aniqlashicha, 2016 yil boshida Tramp Respublikachilar partiyasidagi 16 nafar raqibini internetdagi bepul resurslardan faol foydalanib, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish bilan ortda qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi uchun saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan, unda milliarder Donald Tramp g‘alaba qozongan edi. Yangi davlat rahbari 2017 yil 20 yanvaridan o‘z vazifasiga kirishadi. 

Mavzuga oid
Top