17:49 / 09.12.2016
8810

Sergeli tumanida yashovchi fuqaro deyarli bir kilogramm marixuana bilan ushlandi

Foto: Fotolia

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 21 yoshli shaxs to‘xtatib tekshirilganida, uning yonidan 943 grammdan ziyodroq “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top