15:12 / 09.12.2016
10803

Venesuela ko‘chalarida marhum prezident Chaves “paydo bo‘ldi”

Foto: AP

Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chavesning “o‘zidan nur taratayotgan” shakli payshanba kuni kechqurun mamlakat poytaxti Karakas shahri ko‘chalarida paydo bo‘ldi.

Davlat axborot va aloqa vaziri Ernesto Vilegas Twitter’dagi o‘z mikroblogida shahar bo‘ylab “sayr qilib yurgan” Chavesning juda ham yirik hajmdagi shakli tasvirlangan videoyozuvni taqdim etdi. U o‘tib ketayotgan avtomobil tomonidan devorlarga yo‘naltirilgan maxsus nurlar orqali yaratildi.

Ma'lumot uchun, Venesuelada payshanba kuni sobiq prezident Chavesga muhabbat va sadoqat kuni nishonlandi. U 2013 yilda saraton sabab hayotdan ko‘z yumgan. Chaves aynan 2012 yilning 8 dekabr kuni milliy televideniye efirida so‘nggi bor chiqish qilib, saraton kasalligi tufayli yangi jarrohlik amaliyotidan o‘tishi va Nikolas Maduroni o‘zining vorisi deb ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top