20:47 / 09.12.2016
16142

Video: Piyoda qiz katta tezlikda kelayotgan avtomobil ostida qolishdan qutulib qoldi

Skrinshot: Youtube/Portal Fakty Kaliskie

Tarmoqda Polshadagi chorrahalardan birida piyoda qizning katta tezlikda kelayotgan avtomobil ostida qolishdan qutulib qolgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bergan.

Video tashqi kuzatuv kamerasi orqali suratga olingan bo‘lib, unda “Pejo” avtomobili haydovchisi oq rangdagi “Mercedes” bilan to‘qnashib ketmaslik uchun piyodalar yo‘lakchasiga burilishga majbur bo‘lgani ma'lum bo‘lgan.

Avtomobil va piyoda o‘rtasida to‘qnashuv yuz bermagan. Katta tezlikda kelayotgan “Pejo”ning yo‘lini simyog‘och to‘sib qolgan.

Top