Janubiy Koreya bosh vaziri Xvan Gyo An 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impichmenti munosabati bilan milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishini o'tkazadi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar bergan.

Uning ma`lumotlariga ko'ra, bunga qadar prezident vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan bosh vazir vaqtinchalik hukumatning yig'ilishini o'tkazadi.
Xvan Gyo An vaqtinchalik hukumatning yig'ilishidan so'ng xalqqa murojaat bilan chiqish qiladi.