21:39 / 10.12.2016
9043

28 mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar reytingi e'lon qilindi

9 dekabr kuni Deloitte konsalting kompaniyasi Yevropa, Afrika va Yaqin sharqdagi katta sur'atda rivojlanayotgan 500ta kompaniya reytingini e'lon qildi. Unga 28 davlat vakillari kiritildi. 

Ro‘yxatni boshqarib borayotgan Shvetsiyaning barmoq izlarini aniqlash bo‘yicha qurilmalar ishlab chiqaruvchi Fingerprint Cards kompaniyasining 2012-15 yillardagi daromadi 28 126 foizga o‘sgan. 

Ikkinchi o‘ringa Turkiyaning Bilgikent tizim integratori munosib ko‘rilgan. U hisobot davri mobaynida daromadini 16 015 foizga oshira olgan. Yetakchi uchlikni Polshaning marketingga doir dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchi Codewise kompaniyasi 13 052 foizlik daromad bilan tamomlagan. 

 

Mavzuga oid
Top