22:01 / 10.12.2016
5068

Yamandagi portlash qurbonlari 40 kishiga yetdi

Foto: © AP

Yaman janubidagi Adan shahrida joylashgan harbiy lager yonida xudkush o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 40 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy milliy xavfsizlik xizmati ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” xabar bermoqda.

Avvalroq qurbonlar soni 20, yaradorlar esa 30 kishini tashkil etgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, xudkush maosh olish uchun navbatda turgan harbiylar yonida o‘zini portlatib yuborgan. Portlashni hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.

 

Mavzuga oid
Top