22:02 / 10.12.2016
5470

«Arsenal» «Stok Siti»ni yengib, to‘rtinchi oyda ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

Angliya chempionatining 15-turida «Arsenal» «Stok Siti»ni qabul qildi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 27-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Charli Adam penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. O‘yindagi keyingi gollar faqat «kanonirlar» tomonidan urildi: Teo Uolkott, Mesut O‘zil va Aleks Ivobi g‘alabani ta'minladi.

Bu g‘alabadan keyin londonliklar jamoasi hisobidagi ochkolar soni 34taga yetdi va jamoa peshqadam «Chelsi» bilan ochkolar soni bo‘yicha tenglashib oldi. «Stok Siti» esa 19 ochko bilan hozircha 10-o‘rinda qolmoqda.

Qayd etish kerakki, Arsen Venger shogirdlari ichki chempionatda oxirgi marta avgust oyida mag‘lubiyat qayd etgan. O‘shanda APLning 1-turida «Liverpul»ga qarshi o‘yin 3:4 hisobida boy berilgandi.

Keyingi turda Arsen Venger shogirdlari Liverpulga yo‘l oladi. Bu yerda 13 dekabr kuni «Everton» bilan o‘yin bo‘lib o‘tadi. «Kulollar» jamoasi esa shu kuni «Sauthempton»ni qabul qiladi.

Arsenal – Stok Siti 3:1
Gollar: 0:1 – 29, penalti Adam, 1:1 – 42 Uolkott, 2:1 – 49 O‘zil, 3:1 – 75 Ivobi.
Arsenal – Chex, Mustafi (Belerin, 25), Monreal, Gabriel, Koselni, Oksleyd-Chemberlen (Ivobi, 69), Chaka, Uolkott, O‘zil, Sanches (Jiru, 78), Koklen.
Stok Siti – Grant, Munes, Piters, Jonson, Martins Indi, Allen, Imbula, Adam (Sobxi, 81), Shakiri (Ngoy, 86), Arnautovich, Diuf (Krauch, 72)

Top