15:36 / 10.12.2016
6054

Qozog‘istonda neft mahsulotlarini o‘zlashtirgan jinoiy guruh ushlandi

Foto: Fotolia

Qozog‘istonda uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga barham berish bo‘yicha yirik amaliyot o‘tkazildi. Uning doirasida neft va neft mahsulotlarini o‘marish va noqonuniy aylanmasini yo‘lga qo‘ygan guruhning 15 nafar a'zosi qo‘lga olingan, deb yozmoqda "Diapazon" nashri. Maxsus amaliyotning asosiy qismi Aqto‘beda o‘tkazilgan. 

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, operativ-qidiruv ishlari chog‘ida neftni o‘g‘irlashga aloqadorlikda gumon qilinayotgan kishilar qo‘lga olingan, neft va neft mahsulotlari to‘ldirilgan avtosisternalar musodara qilingan. Bundan tashqari, jinoiy guruhning bir necha a'zosi hibsga olingan. Ular jinoiy salafiylik oqimi a'zolari bo‘lgani va neft o‘g‘irlovchilarni himoya qilib kelgani aytilmoqda. 

Shu bilan birga, Qozog‘istonning sharqiy hududidagi Olmaota shahrida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida "To‘rt aka-uka" uyushgan jinoiy guruh yetakchisi Yerkin Izbasar ham qo‘lga olingan.

Top