18:48 / 10.12.2016
29983

Makro Sunday supermarketlar tarmog‘ini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

Foto: Kun.uz

Makro kompaniyasi Sunday supermarketlar tarmog‘ini xarid qildi. Kompaniya xarid qilingan Sunday tarmog‘iga mahsulotlar, narx-navo va servis borasidagi o‘z standartlarini olib kiradi (tajribasi, bilimi). Bu tarmoqni Makro brendi ostida yanada sifatli darajaga ko‘tarish imkonini beradi.

Sunday’ning Makro’ga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi – avvaliga Toshkentda, so‘ngra hududlarda. Qo‘shilish natijasida Makro 40 marketlarni boshqaradi. Bu esa uning bozordagi yetakchi o‘rnini mustahkamlaydi.

Mavzuga oid
Top