Toshkentda “Aviator” savdo markazi yonidagi yo‘l qismi cho‘kdi. Bu holat keskin sovuq tushishi, yomg‘ir va qor yog‘ishidan so‘ng ro‘y bergan.
Suratlardan ko‘rish mumkin, buning oqibatida yangi qurilgan Taraqqiyot ko‘chasining o‘ng tomondagi va o‘rtadagi yo‘l qismlariga zarar yetgan.
Ayni damda maxsus xizmatchilar xavfli yo‘l qismini plastik to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yishgan.