11:26 / 10.12.2016
4756

UYeFA doping namunalarini 10 yilgacha saqlashga rozi bo‘ldi

Foto: UEFA

UYeFA ijroiya qo‘mitasining Nonda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida futbolchilarning doping-namunalarini 10 yilgacha saqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilingan. 

«Qo‘mita namunalarni saqlash muddatini 10 yilga uzaytirish bilan dopingga qarshi samarali kurashning kompleks dasturini mustahkamlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu qadam, test o‘tkazishning yangi usullari paydo bo‘lganida, takroriy tahlil o‘tkazish imkonini beradi», — deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid
Top