12:39 / 11.12.2016
9619

Xitoyda yuk poyezdi olti nafar temir yo‘l ishchisini urib yubordi

Xitoyda yuk poyezdi o‘z yo‘lida olti nafar temir yo‘l ishchisini urib yubordi. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda CCTV xabar bermoqda.

Telekanalning ma'lum qilishicha, voqea Xenan provinsiyasida sodir bo‘lgan. Falokat sabablari o‘rganilmoqda.

Xitoy xalqaro radiosi (CRI)ning ma'lum qilishicha, mamlakatda qurilish bo‘layotgan yo‘llarda poyezdning harakatlanishi taqiqlangan.

Top