10:09 / 11.12.2016
3727

Indoneziya politsiyasi prezident saroyidagi portlashning oldini oldi

Foto: Getty Images

Indoneziya politsiyasining ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti saroyi oldida yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli portlashning oldi olingan. Bu haqda Jakarta Post xabar bermoqda.

Mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining bergan ma'lumotiga ko‘ra, aniqlangan portlash qurilmasi juda kuchli bo‘lib, juda ko‘p qurbonlar keltirishi taxmin etilgan.

Politsiyachilar 3 kg miqdorda portlovchi modda aniqlashgan. Politsiya xodimlarining ta'kidlashicha, u 300 metr radiusdagi barcha narsani yo‘q qilishi mumkin edi.
Bu ishda gumon qilinib, uch kishi qo‘lga olingan. Ma'lum qilinishicha,bomda 11 dekabr tongida harakatga keltirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top