14:38 / 11.12.2016
10737

Istanbuldagi terakt qurbonlari soni yana oshdi

Istanbul shahri markazida 10 dekabr oqshomida sodir etilgan portlashlar 38 kishini hayotdan olib ketgan. Bu ma'lumot Turkiya TIV tomonidan tasdiqlandi.

Bundan oldingi xabarlarda terakt qurbonlari soni 29 nafar bo‘lgani, shundan 27 nafari politsiyachilar va 2 nafari portlash sodir etilgan "Beshiktosh" futbol jamoasi stadioni xodimlari ekani ma'lum qilingandi. Shuningdek, 166 kishi jarohatlangan.

Portlovchi qurilmalar "Beshiktosh" stadioni yaqinida, futbol uchrashuvidan bir necha soat keyin harakatga keltirilgan. Portlashlardan biri xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgani gumon qilingan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, hujum nishoni stadion yaqinida turgan politsiyachilar avtobusi edi.

Turkiya hukumati ushbu terakt munosabati bilan bir kunlik motam e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top