11:30 / 11.12.2016
9770

Kim Chen In harbiy batalonning maxsus topshiriqli jangchilariga avtomat va 2ta durbin sovg‘a qildi

Foto: TASS

KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Xalq armiyasining 525 raqamli harbiy qismiga nazorat safari uyushtirdi. U o‘zining shaxsan buyrug‘i bilan tashkil qilingan maxsus topshiriqli harbiylardan iborat batalonda bo‘lgan. Markaziy Telegraf agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, Koreya Mehnat partiyasi va KXDR Davlat kengashi raisi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan jangchilarning mashg‘ulotlarini kuzatgan.

Davlat rahbarining qayd etishicha, "Batalon askarlari va zobitlarning omilkor harakatlari tufayli dushman qochishga joy topa olmay qoladi va qarshi hujumlarga o‘tishga imkonsiz bo‘ladi".

Kim Chen In armiya qismlari jangovar holatda turishiga ko‘rsatma bergan.

Davlat rahbari batalon harbiylari bilan birga suratga tushish orqali ularni rag‘batlantirgan. U shuningdek, maxsus topshiriqli bo‘linma harbiylariga avtomat va 2ta durbin hadya qilgan. 

Xabarda aniqlik kiritilishicha, Kim Chen In 3 noyabrda ham bu harbiy qismga kelgandi.

Mavzuga oid
Top