09:28 / 11.12.2016
11145

Zidan «Real» bilan yangi rekord qayd etdi

«Real» Ispaniya chempionatining 15-turida, «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bahsda «Deportivo»ni mag‘lub etdi (3:2).

Shu tariqa Zidan bosh murabbiyligida «Real» qatorasiga 35 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadi. Bu rekord natija sanaladi.

Bundan oldingi rekord niderlandiyalik mutaxassis Leo Benxakkerga tegishli bo‘lib, «Real» uning boshchiligida 1989 yili qatorasiga 34 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan.

«Real» oxirgi marta shu yilning 6 aprelida YeChL chorak finalining birinchi uchrashuvida «Volfsburg»ga mag‘lub bo‘lgandi (0:2).

Ispaniya chempionatida eng uzoq vaqt davomida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etish bo‘yicha rekordchi «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike hisoblanadi. Uning jamoasi 2015/16 yilgi mavsumda 39 uchrashuvdan iborat seriya qayd etgandi.

Top