19:14 / 12.12.2016
12170

2016 yilning eng yaxshi memlari reytingi e'lon qilindi

Mashable 2016 yilning eng yaxshi memlari bilan tanishtirdi.

Birinchi o‘rin AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning tasvirlariga nasib etdi, ularning aksariyati Baydenning yangi saylangan prezident Donald Trampga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib bergan. 

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden

Ikkinchi o‘rinda — Xarambe gorillasi ishtirokidagi memlar (u Tsintsinnati hayvonot bog‘ida bolaning qafasga tushib qolishi natijasida otib tashlangan). Ijtimoiy tarmoqlarda jonivor xotirasiga nafaqat memlar, balki #JusticeForHarambe va #RIPHarambe xeshteglari ham paydo bo‘ldi. 

Xarambe gorillasi

Uchinchi pog‘ona Mannequin Challenge fleshmobiga berildi. Uning ishtirokchilari o‘zlarini manekenlardek tutishadi. 

Mannequin Challenge fleshmobi

Mazkur reytingdan shuningdek "Arturning mushti" ("Artur" animatsion serialidan olingan kadr), "g‘azabdagi Maykl Felps" (Braziliyadagi Olimpiada vaqtida olingan surat), "yig‘layotgan Lebron Jyeyms" ("Klivlend Kavalers" basketbolchisi), "Qurbaqa Kermitning biz bilmagan qirralari" ("Mappet-shou" qahramoni) va "o‘ylanib qolgan janob Krabs ("Spanj Bob" personaji) o‘rin olgan".

Arturning mushti

Bundan tashqari, ro‘yxatda "Taxtlar o‘yini" personaji Xodoruga bag‘ishlangan mem ham bor. 

Mavzuga oid
Top