15:50 / 12.12.2016
24476

AQSh dollari so‘nggi bir yilda rublga nisbatan yangi minimumni qayd etdi

Foto: Fotolia

Moskva birjasi savdolarida AQSh dollarining Rossiya rubliga nisbatan kursi 61 rubldan pastga tushdi. Bu holat 2015 yil 16 oktabridan buyon ilk marotaba qayd etilmoqda. Moskva banklararo valyuta birjasi savdolari shundan dalolat bermoqda. 

Shunday qilib, Moskva vaqti bilan soat 12:15 da bir dollar 38 kopeyekka arzonlashib, 60.95 rublni tashkil etdi. Yevro kursi 40 tiyinga pasaygan va bir yevro 64,55 rublni tashkil etgan.

Top