21:48 / 12.12.2016
5596

Amerikalik o‘smir Ferrari superkarini pachoq qildi

Foto:motor.ru

AQShning Illinoys shtatida joylashgan Shampeyn shahrida 18 yashar haydovchi tomonidan boshqarilayotgan Ferrari 488 GTB superkari Andyʼs Barbershop sartaroshxonasiga borib urildi. Bu haqda Illinois Homepage nashri xabar bermoqda.

Voqea 10 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Mashina avval Volvo XC90 krossoveri bilan to‘qnashib ketgan, so‘ngra boshqaruvni yo‘qotgan va sartaroshxonaning g‘ishtli ustuniga borib urilgan.

U yerdagilarning hech biri jarohatlanmagan. Ikkita mashina haydovchilari jarohat olishgan. Ferrari haydovchisiga qoida buzganligi uchun jarima solingan.

 

Mavzuga oid
Top