16:31 / 12.12.2016
9211

Yangi avlod Mercedes-Benz E-Class videotizeri internetga joylandi

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi E-Class tasnifidagi yangi avlod kupesining tizerini namoyish qildi. Unda modelning tashqi va ichki dizayniga oid ayrim jihatlarini ko‘rish mumkin. Avtomobil shu yilning 14 dekabrida to‘liq namoyish etilishi kutilayapti. Uning ilk taqdimoti esa, kelasi yilning yanvar oyidagi Detroyt avtoshousida bo‘lib o‘tadi. 

Tizer ortidan Belgiyaning AutoTijd sayti E-Class kupesining rasmiy broshyurasidan olingan suratlarni e'lon qildi. Unda Avantgarde va AMG Line rusumidagi modellarga oid suratlar aks etgan. 

Ikki eshikli avtomobil uch xil benzinli motor bilan taklif etiladi: ikkita 2.0 litr hajmli 184 va 245 ot kuchiga ega to‘rt silindrli hamda 3 litrli, 333 ot kuchiga ega olti silindrli motorlar joylanadi. Bundan tashqari, 194 ot kuchiga ega dizel dvigatel ham o‘rnatiladi. Ularning barchasi 9 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisiga ega bo‘ladi. V6 motorli ikkita qimmat namunalarida barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi. 

Uning eng kuchlisi AMG E50 Coupe 4Matic hisoblanadi. Unga 407 ot kuchiga ega 3 litrli V6 dvigatel o‘rnatiladi. 

Mavzuga oid
Top