15:27 / 12.12.2016
7284

Yangi yil mo‘'jizasining ro‘yobi yoxud «Musaffo bilan totli kuz» aksiyasi sovg‘alari

Musaffo savdo belgisi 2016 yilning 15 sentabridan 30 noyabriga qadar davom etgan «Musaffo bilan totli kuz» sovg‘ali aksiyasining ikkinchi tur, yakuniy bosqichini e'lon qildi.

Ikkinchi bosqichda 19ta sovrin: mikroto‘lqinli pech, ikkita toster, ikkita blender va 14ta elektr choynaklari o‘ynaldi. Bundan tashqari 76 nafar qatnashchi maxsus futbolka va idishlarni qo‘lga kiritidi. 

O‘rtacha har bir g‘olib aksiyaning yakuniy bosqichi uchun 4 ta promo-kod jo‘natgan (birinchi bosqichda bu ko‘rsatkich 13 tani tashkil etgan edi). Eng ko‘p promo-kod jo‘natganlar ko‘rsatkichi 15 tani tashkil etdi (birinchi bosqichda bu ko‘rsatkich 250tani tashkil etgan edi). Kodlarni faollashtirish bo‘yicha rekordchi hisoblangan ishtirokchi andijonlik Alyorxon Jamolxonov hisoblanadi. Blender sovg‘asi g‘olibi yarim yildan buyon Musaffo sutini iste'mol qilib kelishini aytgan. Uning ma'lum qilishicha, u Musaffo sutlarini aksiya o‘tkazilayotgani munosabati bilan xarid qilishni boshlagan: «Sovg‘alar o‘ynayotganini bilganimdan so‘ng, aksiyada ishtirok etishni istadim. Shundan so‘ng, Musaffo mening sevimli sutimga aylandi. Bu borada tavakkal qilib ko‘rishga harkat qildim. Endi o‘zimni omadli inson sifatida hisoblayman. Blenderni onamga sovg‘a qildim, u kishi taom tayyorlashni yaxshi ko‘radilar va yutug‘imdan xursand bo‘ldilar».

Yana bir yutuq sohibi ham andijonlik bo‘lib, u 12 ta promo-kodni faollashtirgan va toster yutib olgan. «Biz anchadan buyon Musaffo ni ichamiz, doim uni xarid qilamiz, — dedi g‘olib. — Qadoqdagi belgilar e'tiborimni tortdi, internetga kirdim va aksiya o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘ldim. Unda ishtirok etishni istadim, chunki har haftada ikkita Musaffo sutini xarid qilardik. Albatta, g‘olib bo‘lishimga ishonmas edim. Kutilmaganda esa g‘oliblar safiga kirdim. Bu Yangi yil uchun menga sovg‘a bo‘ldi. Avval tosterdan foydalanmagan edim, sovg‘a menga ma'qul bo‘ldi».

Ikkinchi bosqichda promo-kodlarni bir martada faollashtirish oqibatida g‘olib bo‘lganlar soni olti nafarni tashkil etdi. Ular orasida nukuslik Guldjapan Qurbonboyeva va navoiylik Kamola Turxonova elektr choynaklari sohibalariga aylandi. Kamola aksiya boshlanganidan so‘ngina Musaffo ishqibozlari orasidan joy oldi. «Qanday quvonch! Elektr choynagi bizda yo‘q edi, endi undan maza qilib foydalanaman, — dedi u. — Umrimda hech qachon biror narsa yutib olmagan edim. Aktsiya tugab qolib, omadim kelmadi, deb o‘yladim. Umrimda birinchi marotaba mana shunday aksiyada ishtirok etdim va g‘olib bo‘ldim. Bu qanday ta'sirli! Endi har kuni Musaffo aksiyasini ichayapman».

G‘oliblardan yana biri, qo‘qonlik Doniyor Egamberdiyev Musaffo sutini farzandlari uchun xarid qilishi oydinlashdi. «Bu sut menga judayam manzur bo‘ldi. Qadoqda aksiya haqidagi ma'lumotga ko‘zim tushdi va har zamon promo-kodlarni jo‘natishni boshladim. Hech narsadan umid bildirmasamda, g‘olib bo‘ldim, — dedi g‘olib. — Umrimda ilk bor nimadir yutib oldim! Musaffo sutini iste'mol qilayotgan barchaga omad tilayman».

Aktsiya tashkilotchilarining va'da berishlaricha, oldinda bizni bundan ko‘p yangilik va qiziqarli sovg‘alar kutmoqda. Yangiliklardan boxabar bo‘lib turing va o‘z omadingizni sinang: bu safar omad aynan sizga kulib boqishi mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Top