11:12 / 12.12.2016
5828

Dunyoning eng badavlat kishilari sof energetikaga 1 milliard dollar investitsiya kiritishadi

Bill Geyts ekologik sof energiya innovatsiyasiga investitsiya kiritib, iqlim o‘zgarishi bilan kurashuvchi fondni boshqarib keladi.

Microsoft hammuassisi va uning investor hamkasblari ertaga Breakthrough Energy Ventures fondi ochilishi haqida e'lon qilishmoqchi. BEV chiqindilarni kamaytirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarga investitsiya kiritadi.

BEV rahbariyati tarkibiga shuningdek Alibaba asoschisi Jyek Ma, Reliance Industries raisi Mukesh Ambani, venchur kapitalistlar Jon Dorr va Vinod Xosla, SAP hammuassisi Xasso Platner va sobiq energiya xej-fondi menejyeri Jon Arnold kiradi. Bloomberg va Forbes baholariga ko‘ra, rahbarlarning birgalikdagi sof mablag‘i 170 milliard dollar atrofida. 

O‘tgan yili Geyts sof energiya texnologiyasiga qo‘shimcha 1 milliard dollar investitsiya qilish rejasi haqida ma'lum qilgandi. Yangi fond bu sohani rivojlantirish sari qo‘yilgan keyingi, dadil qadam bo‘ladi. 

 

Top