Istanbulda sodir bo‘lgan ikkita terakt qurbonlari soni 44 nafarga yetdi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib, NTV telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu qurbonlar soni 38 nafar ekanligini ma'lum qilgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, qurbonlarning 33 nafari politsiya xodimlaridir. 150 nafar jabrlangan kishi shifoxonada qolmoqda.