17:58 / 12.12.2016
6627

Kia’ning yangi avtomobili besh soniya ichida yuz kilometr tezlikka yetishi mumkin

Kia kompaniyasi o‘zining yangi modelining ikkinchi tizerini chop etdi. U Detroytdagi motorshouda 8 yanvar kuni taqdim etiladi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, bu eng jo‘shqin avtomobil bo‘ladi.

YouTube’da joylashtirilgan videorolikda mashina 5,1 soniya ichida soatiga yuz kilometr tezlikka yetishini ko‘rish mumkin. Kia avtomobillari ichida hozirga qadar 424-kuchli besh litrli V8 motorga ega bo‘lgan Quoris sedani eng tezkor edi – mashina 5,7 soniya ichida soatiga yuz kilometr tezlikni qayd etgan.

Yangi Kia orqa uzatmali, tomining yo‘nalishi qiyali avtomobil bo‘lishi kutilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangilik Hyundai kompaniyasining Genesis modelida ishlatiluvchi shassida yaratiladi. Motorlar liniyasiga 320-kuchli “to‘rtlik” va 200-lik dizel, shuningdek olti va sakkiz silindrli qurilmalar kirishi mumkin.

Dekabr boshida paydo bo‘lgan birinchi tizerda yangilik soatiga 244 kilometr tezlikka yetgan.

Top