12:29 / 12.12.2016
10921

Qirg‘izistonda yoqilg‘i narxlari ko‘tarildi

Qirg‘iz respublikasida benzin va dizel yoqilg‘isi qimmatlashdi. Bu haqda, Neft mahsulotlari sotuvchilari assotsiatsiyasi ma'lum qilgan. 

12 dekabrdan boshlab, Ai-80, Ai-92 va Ai-95 navli benzin 1 somga , dizel yoqilg‘isi va avtogaz 0,5 somga qimmatlashgan.

Bunga, Rossiya neft mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish narxi ko‘tarilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Benzin va dizel yoqilg‘isining dekabr oyi uchun narxi noyabrdagidan 10 foizga qimmatlashgan. 

Moskva hududidagi neftni qayta ishlash zavodining 2017 yil yanvar-aprel oyida ta'mirlanishi, Qozog‘iston janubida yoqilg‘i tanqisligi tufayli, ushbu respublikaning neft mahsulotlarini ko‘proq xarid qilishi narx oshishiga ta'sir ko‘rsatgan. 

Yaqin orada, Qirg‘izistonda benzin narxi 8-10 foizga, dizel - 5-10 foizga ko‘tarilib borishi taxmin qilinmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top