22:03 / 12.12.2016
6424

Mel Gibson nomzodi “Oltin globus” taqdimotiga qo‘yildi

Foto: Getty Images

Rejissyorlar Demen Shazell va Mel Gibson nomzodlari 8 yanvar kuni Los-Anjyelesda o‘tadigan “Oltin globus” taqdimotiga qo‘yildi.

Shazell bu mukofotga o‘zining “La-la-lend” filmi bilan ishtirok etayotgan bo‘lsa, Gibson “Vijdoniy sabablarga ko‘ra” kartinasi bilan qatnashmoqda. Mukofotda, shuningdek, Kennet Lonergan “Dengiz bo‘yidagi Manchester”, Tom Ford “Tun bag‘rida” va  Barri Jyenkins “Oy yog‘dusi” filmlari bilan ishtirok etishmoqda.

Ma'lumot uchun: “Oltin globus” kinotaqdimoti 1942 yildan o‘tkazib kelinadi. Unda 25 yo‘nalish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top