11:30 / 12.12.2016
6925

NASA Marsdagi eng sovuq joy suratini namoyish qildi

© Foto: NASA

AQShning Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi (NASA) mutaxassislari Marsdagi eng sovuq joy suratini namoyish etdi.

"Qizil sayyora"ning janubiy qutbida olingan suratda quruq muzlardan (uglerod dioksidi) iborat qismni ko‘rish mumkin. Bu joy qishki mavsumda atmosferadan qor ko‘rinishida tushadigan uglekislorod gazidan hosil bo‘lgan.

Sovuq vaqtda sayyoraning bu qismida harorat Tselsiy bo‘yicha minus 130 darajagacha tushadi.

Suratlar Mars Reconnaissance Orbiter kosmik apparati bortida o‘rnatilgan HiRISE teleskopi yordamida tushirilgan. Hozirda teleskop fazoga yo‘llangan shu turdagi eng yirik uskuna bo‘lib qolmoqda.

Teleskop joylashgan stansiya Yerga muntazam ravishda Mars haqida yangi ma'lumotlar yo‘llab turadi. O‘n yil davomida Mars Reconnaissance Orbiter tadqiq etilayotgan sayyora atrofida 50 ming marta aylandi.

NASA’ning Mars Reconnaissance Orbiter qurilmasi 2005 yil — ushbu sayyoraga birinchi marta suv izlab jo‘nab ketganidan buyon Yerga Mars haqida ma'lumotlar yuborib turadi. 

Suratlar Mars haqida ko‘proq narsa bilib olish uchun muhimdir. Kelajakda ularni tadqiqot qurilmalari va kosmik kemalarni qo‘ndirish uchun mos joy tanlash uchun qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top