15:42 / 12.12.2016
9122

Suriya armiyasi Halabning 95 foizini o‘z nazoratiga oldi

Foto: EPA

Suriya armiyasi Halab shahrining 90 foizdan ortiq hududini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi matbuot relizida ma'lum qilingan.

“Suriya hukumati Halab shahrining 95 foizdan ortiqroq hududini to‘liq nazorat qilmoqda. Shaharning sharqiy qismidagi jangarilar qolayotgan kvartallarning umumiy maydoni esa 10 kvadrat kilometrga teng”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Suriya qo‘shinlarining Halabni ozod qilish bo‘yicha amaliyoti boshlanganidan beri shahar sharqiy tumanlaridan 100 ming tinch aholi chiqarib olingani, ular ichida 40 484 bola ham borligi xabar qilingan.
 

Top