08:03 / 12.12.2016
7207

Suriya hukumati Palmira aholisining necha foizi evakuatsiya qilinganini bildirdi

Foto: EPA

Suriyaning Xoms viloyati hokimi Talal Baroziyning bayonot berishicha, mamlakat hukumati Palmira shahrining 80 foiz aholisini ko‘chirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Palmiraning 80 foiz aholisi ko‘chirildi. Biz shaharda qolganlarning taqdiridan tashvishdamiz», — deb qayd etgan Baroziy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya armiyasi va uning ittifoqchilari qayta guruhlanmoqda. Shu sababli, Baroziy, tez orada Palmira nazorati tiklanishiga ishonch bildirgan. 

Avvalroq, Talal Baroziy IShID terrorchilik guruhi jangarilari shaharni egallagani, hukumat kuchlari Palmira chekkasiga chekingani haqida ma'lum qilgandi. 

 

 

Top