20:05 / 12.12.2016
4428

O‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda uchta oltin medalni qo‘lga kirtishdi

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning yosh shaxmatchilari Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nodirbek Abdusattorov o‘n uch yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda rossiyalik Nikita Styajkin, Ruslan Murtazin, turkiyalik Jan Xaktan Unat, jamoadoshi Suhrobjon Avalboyev, qozog‘istonlik Kazibek Nogerbek, ruminiyalik Bogdan-Emanuel David va hindistonlik Rishab Shohni yengib,  Shri-Lanka shaxmatchilari – Ranindu Dilshan Liyanajye va Tilakartne bilan durang o‘ynadi. To‘qqiz partiyaning birontasida mag‘lubiyatga uchramagan shaxmatchimiz sakkiz ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Nodirbek Yoqubboyev esa o‘n besh yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Yetti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda Afro‘za Hamdamova 7,5 ochko bilan oltin, Odina Olimova 6,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida Humoyun Begmurodov to‘qqiz partiyaning yettitasida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘n bir yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘arib, kumush medal bilan taqdirlandi.

 

Top