16:11 / 13.12.2016
19601

2016 yilning eng yaxshi fotojablari

Reddit foydalanuvchilari har kuni Photoshop Battles jamiyatida fotojablar yaratish borasida tajriba oshirishadi. Ijod uchun siyosatchilar, sportchilar, aktyorlar suratlari va ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi keng tarqalgan suratlar olinadi. TJ nashri poyoniga yetayotgan yilning eng mashhur fotojablarini yodga oldi. 

Odamlar

Texnologik startap stajyori ish joyida uxlab qoldi, buni ko‘rgan hamkasblari u bilan birgalikda suratga tushishdi. Reddit'da chop etilgandan keyin foydalanuvchilar surat  muallifini "Taxtlar o‘yini" personajiga aylantirishdi va o‘nlab boshqa fotojablarni yaratishdi. 

2013 yilda Chelyabinsk opera va balet teatri artistlari maxsus fotoko‘rgazma uchun yo‘l patrul xizmati xodimlarining kiyimida suratga tushishdi. Vaqt o‘tgani sari suratni yangiliklarda ham qo‘llay boshlashdi. 2016 yilda surat fotojablar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 

Mart oyining boshida amerikalik Shon Kanningem o‘g‘lini beysbol tayog‘i zarbidan qutqarib qoldi. Yangiliklar saytlari va televideniye ushbu suratga e'tibor qaratdi. Suratdagi boshqa bir kishi esa fotojablarning bosh qahramoniga aylandi. 

Reddit foydalanuvchilari yosh juftlikning muvaffaqiyatsiz suratiga diqqatni qaratishdi. Surat Minnesota shtatida olingan. Original surat ostida bir necha kun ichida mingdan ortiq izohlar qoldirildi, ushbu surat bo‘yicha esa o‘nlab fotojablar yaratildi. Keyinroq OAVda berilgan intervyuda suratdagi yigit uchrashuvdan emas, muzqaymoq sotib olish uchun puli qolmaganidan xafa bo‘lganligini ma'lum qildi. 

Dekabr oyi boshlarida shkafning mustahkamligini namoyish etib, uning ichiga joylashib olgan kishining surati virus kabi tarqaldi. Reddit foydalanuvchilari qahramonni mikroto‘lqinli pech, muzlatgich va Donald Trampning boshiga "ko‘chirib o‘tkazishdi". 

 

Siyosatchilar

Avgust oyida Berlingske Daniya bosh vazirining matbuot konferensiyasi paytidagi ajoyib suratini chop etdi. Reddit foydalanuvchilari undan ko‘plab fotojablar va giflar yaratishdi. 

Facebook AQSh prezidentlik saylovlarini 2016 yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusi deya e'tirof etdi. Saylov oldi kampaniyalarida olingan suratlarlarning ko‘pi fotojablar va memlar yaratishga asos bo‘ldi. 

Demokrati partiya s'yezdida Barak Obama Hillari Klintonni quchoqlab tushgan surati eng ko‘p ommalashdi.

AQShdagi prezidentlik saylovlariga sanoqli kunlar qolganda Time jurnali navbatdagi muqovasida ikki nomzodning suratini "Oz qoldi" yozuvi bilan chop etdi. Tahrirning oddiyligi tufayli jurnal muqovasi ko‘plab hazil-mutoyibalarga sabab bo‘ldi. 

 

Olimpiada

Joriy yilning avgustida Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari tarixdagi eng ziddiyatli o‘yinlar sifatida e'tirof etildi: tadbirning boshlanishi Braziliyadagi inqiroz bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, ba'zi rossiyalik sportchilar Olimpiadadan chetlatildi. 

Suzish bo‘yicha Olimpiya chempioni 23 yoshli Maykl Felps o‘z raqibidan norozi bo‘lib qarab turibdi.

Shvetsiya qiroli Karl Gustav fotojablar bo‘yicha chempion bo‘ldi. Uning Olimpiadadagi surati ikki marta fotojablar nishoni ostida qoldi. 

 

Filmlar

"Yulduzlar jangi" original trilogiyasidagi Lyuk Skayuoker roli ijrochisi Mark Xemill o‘zining tvitterida kinosaganing yettinchi epizodida bosh rolni o‘ynagan aktrisa Deyzi Ridli bilan tushgan suratini taqdim etdi. Bir necha soat o‘tgach, surat hazillar, internet-komikslar va fotojablar mavzusiga aylandi. 

Noyabr oxirida 20th Century Fox kompaniyasi "Begona: Ahd" filmining birinchi posterini namoyish etdi. Reddit va Twitter foydalanuvchilari afisha dizaynini o‘zgartirib, o‘z variantlarini taqdim etishdi. 

Apple kompaniyasining yangi mahsulotlari anonsidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda "olma" texnikasiga bag‘ishlangan ko‘plab yangiliklar, fikr-mulohazalar paydo bo‘lmoqda. Oktyabr oyida Apple yangi MacBook Pro'ni namoyish qildi, unda odatiy F1-F12 tugmalari o‘rniga tachbar o‘rnatilgan. 

Ko‘plab fotojablarda foydalanuvchilar sensor panelni qo‘llashga doir variantlarni taqdim etishdi. 
 
TJ reytingida yetakchilikni Milk-chan laqabli mushuk aks ettirilgan fotojab qo‘lga kiritdi. 

Mavzuga oid
Top