19:55 / 13.12.2016
8422

5 noyob kupyura britaniyaliklar hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin

Musavvir Grem Short 5 funtli kupyuralarda Jyeyn Ostinning mitti portretlarini o‘yib ishladi va ularni turli mamlakatlarda sarfladi. Endilikda ularning qiymati 10 karra oshdi. 

Besh noyob kupyuraning har biri butun Angliya bo‘ylab murojaat qilingandan so‘ng 50 ming funtga baholanishi mumkin. Bu haqida "Life" nashri xabar berdi

Kupyuralarning eng oxirgisi kecha mahalliy Uels kafesida rassomning o‘zi tomonidan sarflandi. Agar uning egasi bunday noyob kupyurani sezmasa, u Janubiy Uels, ehtimol butun Britaniya bo‘ylab "aylanishi" mumkin. Bundan avvalgi kupyuralar Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Angliyada sarflangan. 

Musavvir yozuvchi portretini Uinston Cherchill va Big-Ben tasvirlari yoniga tushirdi. Ostinning portreti kupyuralarda shundoqqina ko‘rinib turibdi

.

Short ignaga o‘yma yozuv tushirganidan keyin dunyo bo‘ylab tanila boshladi. U doimo boshqalardan farq qiluvchi noodatiy ishlarni bajarishga harakat qilgan, shu bois yangi kupyuralar muomalaga chiqqanidan so‘ng o‘z g‘oyasini amalda qo‘llashga qaror qildi. 

"Men Jyeyn Ostinning 200 yillik yubileyi sharafiga uning portretini kupyuralarga tushirib, turli mamlakatlarda sarflashga qaror qildim. Yaqinda bu kupyuralarning har biri qancha turishini eshitib qoldim. Umid qilamanki, kimdir uni topib, Yangi yilga o‘ziga ajoyib sovg‘a taqdim etadi", - deydi musavvir.

Top