08:51 / 13.12.2016
21591

Aktsiya: Profi Education’da harbiy imtiyoz egalari bepul ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e'tibor siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi hech kimga sir emas.

Buni muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va o‘zini har tomonlama boshqalarga qaraganda mukammalroq ekanligini isbotlagan askar yigitlarimizga berilayotgan 27 foizli harbiy imtiyoz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizda test tizimining takomillashib, sayqallashib borayotganligi shuni ko‘rsatadi-ki, birgina 27 foizli imtiyozning o‘zi Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishga yetarli asos bo‘la olmaydi. Harbiy imtiyoz sohibi o‘zining bilim jihatidan ham boshqalardan ustun ekanligini har yilgi 1 avgust imtihonida isbotlashi lozim. Buning uchun abituriyent belgilangan fanlardan ham mukammal bilimga ega bo‘lishi lozim.

Asosiy askarlarning fevral oyida harbiy xizmatdan qaytishlarini inobatga oladigan bo‘lsak, yigitlarimizning abituriyent sifatida tayyorlanishlari uchun kam vaqtlari qolmoqda.

Profi Education abituriyentlar maktabi ana shu qisqa vaqt ichida abituriyentlarga mukammal bilim berish maqsadida 2010 yilda tezkor dastur asosida tayyorlovni yo‘lga qo‘ygan edi, bu dastur mana olti yildirki, samarali natija bermoqda.

2016 yilda yurtboshimiz tomonidan «Yoshlar siyosati» to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi Profi Education ma'muriyatini ham befarq qoldirmadi, endi harbiy imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar Profi Education da bepul tayyorlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Aktsiyada ishtirok etish shartlari:

  • 1. Abituriyent harbiy imtiyozning asli va pasporti bilan 2017 yil 1 martga qadar Profi Education ga kelib uchrashadi. Bunda harbiy imtiyoz muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi lozim.
  • 2. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, harbiy imtiyozga ega abiturentlar o‘rtasida 1 mart kuni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.
  • 3. Test sinovidan eng yuqori ball bilan o‘tgan abituriyent Profi Education da keyingi imtihongacha bepul ta'lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
  • 4. G‘olib talaba keyingi imtihonda o‘z g‘olibligini himoya qila olmasa, ya'ni keyingi imtihon natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni ololmasa, bepul o‘qish imkoniyatini birinchi o‘rinni olgan abituriyentga beradi. Bu esa o‘z navbati abituriyentlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muhitini o‘stiradi.

Bundan tashqari uchta fandan Profi Educationda tayyorlanib, muntazam darslarda faol qatnashib davlat byudjyeti asosida talaba bo‘lgan abituriyent NEXIA avtomashinasini yutib olishi ham mumkin.

Viloyatdan kelgan abituriyentlar yotoqxona bilan ta'minlanadilar, yotoqxonamiz haqidagi ma'lumotlarni bu yerda o‘qishingiz mumkin.

O‘z o‘rnida talaba bo‘lish istagidagi yigit-qizlarimizda «Harbiy imtiyozga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham tezkor dasturda tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladimi?» degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ha, Siz ham ko‘rsatilgan qisqa vaqt ichida to‘liq dasturni o‘zlashtirishga ko‘zingiz yetsa, bemalol Profi Education abituriyentlari safiga qo‘shilishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot:
0(371) 244 6606;
Telegram: +99890 951 2388;
itest.uz

Reklama huquqi asosida

Top