15:58 / 13.12.2016
7473

BMT: qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar – ochlik bilan kurashning samarali usuli

Foto: AP

Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltiriluvchi investitsiyalar dunyodagi qashshoqlik va ochlik hajmini kamaytirishning eng samarali usullaridan biri, deb ma'lum qilgan RIA Novosti’ga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti bosh direktori Joze Grasianu da Silva.

"Odatda, sarmoyalar mehnat samaradorligi va qishloq xo‘jaligida daromadlarning keskin ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Qashshoq aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiyalar ish bilan ta'minlash darajasi va daromadlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun bu to‘g‘ri va oqilona yo‘ldir", - deya aytib o‘tgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi qarorlarni amalga tatbiq etish bo‘yicha hukumatlararo tashkilot rahbari.

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar ichki va tashqi bozordagi oziq-ovqat ta'minotini yaxshilash va iste'mol narxlarining qashshoq kishilar manfaati yo‘lida past darajada saqlab qolish imkonini beradi.

U XXR rahbariyatining mamlakat agrar sohasiga 2020 yilga qadar 450 milliard dollar mablag‘ kiritish haqidagi rejasini qo‘llab-quvvatladi. "Xitoyning yangi rejalari bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ladi. Umid qilamizki, boshqa mamlakatlar ham undan o‘rnak olishadi", - ta'kidlab o‘tgan u.

Top