09:19 / 13.12.2016
3559

Xitoyda sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,2 foizga oshdi

Xitoyda noyabr oyida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ortdi. Bu esa tahlilchilar bashoratidan ham ko‘proq. 

Reyter agentligi tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan mutaxassislar noyabrdagi o‘sish hajmini 6,1 foizlik ko‘rsatkich, deya baholashgandi.

Xitoyda yanvardan noyabrga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi umumiy miqdori esa 6 foizga oshgan. Mamlakat davlat statistik byurosi ma'lumotlari mahalliy sanoat korxonalari ishlab chiqarish hajmini o‘zida namoyon etadi.
 

Top