13:02 / 13.12.2016
4512

Instagram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya qilish imkoni paydo bo‘ldi

Foto: AP

Instagram mobil ilovasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya qilish imkonini taqdim etdi. U AQShning barcha aholisi uchun amal qilmoqda, deb xabar berdi TechCrunch onlayn-portali.

Foydalanuvchilar translyatsiyani ilovadagi maxsus tugmani bosish orqali ishga tushirishlari mumkin. “Jonli” video bir soat bilan cheklanadi. Shu bilan bir qatorda, u serverlarda saqlanmaydi - rolikni yana bir bor tomosha qilish mumkin emas.

Ta'kidlanishicha, Instagram’ning yangi funksiyasidan hozircha faqat amerikaliklar foydalanish imkoniga ega. Yaqin haftalar davomida esa yangilik boshqa mamlakatlar hududida ham ishlatilishi mumkin bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Instagram ilovasi 2010 yilning 6 oktabr kuni ishga tushirilgan bo‘lib, avvaliga Apple smartfonlari uchun mo‘ljallangan. Servis 2012 yilning aprelida Android foydalanuvchilari tomonidan ham ishlatila boshlandi. O‘shanda Facebook kompaniyasi Instagram’ni 1 milliard dollarga xarid qilgan. Servisdan foydalangan kishilarning umumiy soni 2016 yilda 500 milliondan oshdi.

Mavzuga oid
Top