20:52 / 13.12.2016
17206

Olimlar sayyorani shoshilinch sovutish zarurligini ta'kidlashmoqda

Sayyoramiz atmosferasidagi o‘rtacha harorat haddan ziyod tezkorlik bilan ko‘tarilib bormoqda. Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bilan bu jarayonni to‘xtatish qiyin. Bu haqida Harvard universiteti olimlarining ma'lumotiga asoslanib, Proceedings of the National Academy of Sciences jurnali xabar berdi. Olimlar sayyorani sovutish uchun aerozollardan foydalanishni taklif qilishmoqda.

2015 yildagi Parij kelishuvi insoniyatning sayyoradagi o‘rtacha harorat oshishini 1,5 darajadan ortishiga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutadi. Biroq ilmiy tadqiqotlar bu maqsadga erishish uchun karbonat angidrid chiqindilarini deyarli to‘liq to‘xtatish kerakligini ko‘rsatmoqda. 

Olimlar global isishni to‘xtatish uchun yorug‘lik aks ettiruvchi sulfat aerozollarni qo‘llashni taklif qilishmoqda. Katta miqdordagi zarrachalar Yer atmosferasini sovutishda yordam beradi. Bunda yagona kamchilik ularning ozon qatlamiga ziyon yetkazishi mumkinligidadir. Biroq olimlar buning ham iqlim o‘zgarishlaridagi muammolarni bartaraf etishi dargumon ekanligini ta'kidlashmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top