16:41 / 13.12.2016
4798

Sobiq Yugoslaviya klublari bitta ligaga birlashishi mumkin

Sobiq Yugoslaviya hududidagi mamlakatlar klublari ishtirokida yangi xalqaro liga tashkil etilishi mumkin. Gap Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina, Sloveniya, Chernogoriya va Makedoniyadan bo‘lgan 24 jamoa haqida ketmoqda. 

Yangi liga loyihasi UYeFAga taqdim etilgan, 30 daqiqali taqdimot tashkilot prezidenti Aleksander Cheferin (Sloveniya futbol federatsiyasining sobiq rahbari) va UYeFAning turnirlar o‘tkazish bo‘yicha direktori Jorjio Marketti tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Makedoniya futbol federatsiyasining turnirlar o‘tkazish bo‘yicha bo‘limi rahbari (aynan u taqdimotni tayyorlagan) Vashko Doychinovskining aytishicha, UYeFA rahbariyati loyihani yaxshi baholagan.

Turnir Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi formatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Avvaliga klublar 4tadan bo‘lib, 6 guruhga ajratiladi, bahorda pley-off o‘yinlari start oladi. Hozircha pley-off o‘yinlari 1/8 yoki 1/4 finaldan boshlanishi bo‘yicha aniq qaror qabul qilinmagan. 

Turnir tashkilotchilari g‘olibga Chempionlar ligasi yo‘llamasi, ikkinchi finalchi jamoaga esa Yevropa Ligasida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilishi ko‘zda tutilgan. Hozircha UYeFA bu borada javobini bildirmadi. 

Yangi turnir 2018 yilning kuzidan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Top