21:12 / 13.12.2016
5306

Ukraina milliy banki XVJdan yirik miqdorda kredit olishga umid qilmoqda

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 2017 va 2018 yillarda 9,7 mlrd dollar kredit olishga umid qilmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

"Ukraina kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi doirasida XVJdan keyingi ikki yil ichida 9,7 mlrd dollar olishi mumkin. Agar XVJ dasturi to‘liq hajmda bajarilsa, qolgan mumkin bo‘lgan donorlardan moliyalashtirish hajmi ham anchagina bo‘ladi", deb aytildi xabarda.

Ukraina milliy bankida xalqaro donorlar, birinchi navbatda XVJ bilan hamkorlik Ukrainada "moliyaviy barqarorlikni saqlashning muhim omili" hisoblanishi aytildi.   

 

Mavzuga oid
Top