19:57 / 13.12.2016
25786

O‘zbekistonning yangi bosh vaziri 14 dekabr kuni lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda

14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi o‘tkaziladi.

Avval xabar berilganidek, Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida qasamyod qiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun taklif qilgan Abdulla Oripov nomzodi shu majlisda lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top